KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Yunusxon maqbarasi
Yodgorlik

Yunusxon maqbarasi

Toshkent

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Iaa2023 · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. Panpanchik · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. Carpodacus · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  4. Carpodacus · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  5. Carpodacus · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  6. Jamshid Nurkulov · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Shayxontohur majmuasi yaqinidagi Mo‘g‘uliston xoni Yunusxon maqbarasi – Toshkentda saqlanib qolgan XV asrga oid ikki monumental binodan biri.

Tarixi va batafsil

Yunusxon maqbarasi – Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (XV asr); Oʻzbekiston xalqaro islom akademeiyasi hududida joylashgan. 1487-yilda Toshkent hokimi Yunusxon vafotidan soʻng Shayx Xovandi Tohur qabristonida Yunusxonning oʻgʻli Ahmadxon (Olachaxon) tomonidan qurdirilgan deb taxmin etiladi, qurilish keyingi davrlarda ham davom ettirilgan. Maqbara toʻrtburchak tarhli (21,2×22 m), peshtoqgumbazli, katta xona (7×7 m), ikki yonida qoʻsh qavatli hujralardan iborat. Binoning tashqi gumbazi, peshtoq ravogʻi (XIX asr da) buzilib ketgan, bezaklari saqlanmagan, bino bir necha marta taʼmirlangan. Xonaqohning ichki qismiga ganchkori naqshlar, muqarnaslar ishlangan. 1970-yillarning oxirida Yunusxon maqbarasining vayron boʻlgan qismlari tiklandi; 1999—2005-yillarda qata taʼmirlandi.
Poshshoxon Toʻraxoʻja va uning oʻgʻli Eshontoʻraxoʻja tomonidan 1913-yilda maqbaraning janub tomonida minora quriladi. Bu minora yaqinida esa, har yili diniy marosimlarda qatnashish uchun kelgan rus chinovniklari uchun shiypon qurdirib beradi. Bu koʻrinishdagi shiyponlar 4 tani tashkil etgan.
Yunusxon maqbarasi yaqinida 1 ta shu nom bilan atalgan madrasa hamda, ikkita masjid bunyod etilgan. Ikki masjid nomi Gʻaribboy va...

Manba: Vikipediya – “Yunusxon maqbarasi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · Deutsch

Yaqin atrofdagi joylar

Yaqin atrofdagi tekshirilgan uylar