KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Shayxontohur majmuasi
Yodgorlik

Shayxontohur majmuasi

Toshkent

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Bobyrr · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. St. Christofor · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. Alpasli · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  4. Bobyrr · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  5. Humoyun Mehridinov · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Toshkent markazidagi Shayx Xovandi Tohur maqbarasi atrofida shakllangan majmua – shaharning eng muhim yodgorliklaridan.

O‘tmishga nazar

1865–1872 Syr-Darya Oblast. Mausoleum of Saint Sheikhantaur in Tashkent
Nikolay BogayevskiyTurkiston albomi“Syr-Darya Oblast. Mausoleum of Saint Sheikhantaur in Tashkent”
Bugun Shayxontohur majmuasi
Hozirgi ko‘rinishSurat: Wikimedia Commons

Tarixiy suratlar jamoat mulki (Public domain): AQSh Kongress kutubxonasi to‘plamlari, Wikimedia Commons orqali.

Tarixi va batafsil

Shayx Xovandi Tohur majmuasi – Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (XV—XIX asrlar). Shayx Xovandi Tohur maqbarasi (XIX asrda koʻhna poydevori ustiga qayta qurilgan), ziyoratxona va goʻrxonadan iborat. Bezaksiz, ichki devorlari chuqur ravoqli, darchalariga koshinkor panjaralar oʻrnatilgan. Xonalar gumbazlar bilan yopilgan, goʻrxonaning qoʻshqavatli gumbazi 12 qirrali asosga oʻrnatilgan. Keyinroq atrofiga chillaxona, Yunusxon maqbarasi (XV asr) qurilgan. Uch masjid binosi, minora, Eshonquli dodxoh madrasasi saqlanmagan. Majmua Oʻzbekistonning Toshkent shahrining eng muhim meʼmoriy yodgorliklaridan biri hisoblanadi. U zamonaviy Toshkent shahrining markazida, Alisher Navoiy, Shayxontohur va Abdulla Qodira koʻchalari kesishgan chorrahada joylashgan.

Manba: Vikipediya – “Shayx Xovandi Tohur majmuasi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English

Yaqin atrofdagi joylar

Yaqin atrofdagi tekshirilgan uylar