KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Turkiston saroyi
Teatr va konsert

Turkiston saroyi

Toshkent

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. ElenaLitera · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. 26D · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. 26D · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  4. 26D · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  5. Журавлев Андрей Анатольевич · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

San’at saroyi, 1993-yilda mustaqillikning ikki yilligi sharafiga ochilgan.

Tarixi va batafsil

Turkiston saroyi — Toshkentdagi Mustaqillik maydoni shimolida Anhor boʻyidagi konsert zali binosi. Dastlab "Turkiston" kinokonsert zali deb nomlangan (1992, meʼmorlari Yu.Xaldeyev va F. Tursunov), keyinchalik yozgi teatr sahnasi (1993, meʼmori V.Akopjanyan) da xalq anʼanaviy bayramlari, teatrlashtirilgan tomoshalar oʻtkazilishi munosabati bilan hozirgi nomi bilan yuritila boshlagan.
Bino oldidagi keng sahnli maydoncha koʻkalamzorlashtirilgan. 3 pogʻonali, marmar bilan krplangan favvoralar ishlangan hamda humo qushi tasviri tushirilgan (rassom B.Jalolov eskizi) yodgorlik oʻrnatilgan. "T."s.ga zinapoyalar orqali koʻtariladi. Bosh tarzi muqarnas bezakli. Binoning pastki qavatida kassa, texnik xizmat xonalari joylashgan.Vestibyulga kiraverishda Turkistonning tarixiy shaharlari panoramasi havo rangda, baʼzi qismlari sariq rangda aks ettirilgan. Yirikyirik qilib taxlangan qizil marmar tosh sirli sopol idishlar, oʻsimliklar bilan uygʻunlashtirilgan holda foyening chap qanotida dam olish burchagi tashkil qilingan. 2kavat vestibyul yon oynasidan B.Jalolovning "Umar Xayyom tushlari" asari oʻrin olgan. Tomosha zali muqarnaslar, ganchkori bezaklar, tuxumsimon gumbaz va kundal naqshlar bilan pardozlangan...

Manba: Vikipediya – “Turkiston saroyi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English

Yaqin atrofdagi joylar

Yaqin atrofdagi tekshirilgan uylar