Romanov saroyi, Knyaz Romanovning saroy va ov qoʻrgʻoni – Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik. Roman-Vizantiya meʼmorligi uslublashtirilib, ovchilar qoʻrgʻoniga oʻxshatib qurilgan (1883—1906, meʼmori Aleksey Benua va Vilgelm Geynselman). 1995-yilgacha saroy hududiga kirish eshigi yonida Iosif-Georgiyevskiy ibodatxonasi joylashgan edi. Hozir bu qasrdan foydalanish toʻxtatilgan. Butunlay yopilgan.
Manba: Vikipediya – “Romanov saroyi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English · Deutsch · Français

