KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
Muzey

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi

Toshkent

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. 26D · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. 26D · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. Humoyun Mehridinov · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  4. Azizbek Karimov · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Toshkentdagi muzey, 1876-yilda asos solingan.

Tarixi va batafsil

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi – Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining yirik ilmiy tekshirish va madaniy-maʼrifiy muassasalaridan biri. 1876-yilda Toshkent muzeyi nomida tashkil etilgan. 1883-yil Turkiston ommaviy kutubxonasi bilan birlashtirildi. Etnografiya, arxeologiya, numizmatika, harbiy tarix boʻlimlari boʻlgan (1903). 1918-yil Turkiston oʻlka xalq muzeyiga, 1922-yildan Turkiston Bosh muzeyiga, 1925-yildan Oʻrta Osiyo Bosh muzeyiga aylantirildi. 1943-yildan Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb nomlangan. 1969—92-yillar Oybek nomidagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb atalgan. 1992-yil 21-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 203-sonli qaroriga muvofiq, bir necha muzeylarni birlashtirish asosida hozirgi nomi bilan qayta tashkil etildi.
Muzey Toshkent shahrida joylashgan boʻlib, Oʻzbekiston Davlat Tabiat muzeyi singari Markaziy Osiyo va Toshkentdagi eng qadimiy muzey hisoblanadi. U avval Turkiston xalq muzeyi deb nomlangan.

Manba: Vikipediya – “Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English · Español

Yaqin atrofdagi joylar

Yaqin atrofdagi tekshirilgan uylar