Temuriylar tarixi davlat muzeyi – Toshkent markazida Amir Temur va u asos solgan sulola vakillari davridagi Oʻrta Osiyo tarixiga bagʻishlangan muzey. Muzey Oʻzbekiston Respublikasining „Davlat noyob ilmiy obʼyektlari roʻyxati“ga kiritilgan. Muzeyda Temur va Temuriylar sulolasi davriga oid 5 mingdan ortiq eksponatlar mavjud.1996-yili 18-oktyabrda Amir Temurning 660 yilligi munosabatiga qurilgan . Balandligi 31 metr, diametri 70 metr.Unga 500 ta yoritgich jamlangan.
Muzey 3 qavatdan iborat .
Manba: Vikipediya – “Temuriylar tarixi davlat muzeyi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English · Türkçe · 中文

