KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Toshkent kurantlari
Yodgorlik

Toshkent kurantlari

Toshkent

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Said228332 · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. Shum3rR · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. Panpanchik · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  4. Bobyrr · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  5. Abdullais4u · CC BY-SA 3.0 · Wikimedia Commons

1947-yilda qurilgan me’moriy yodgorlik, shaharning ramzlaridan biri.

Tarixi va batafsil

Toshkent kuranti - Toshkentdagi tarixiy meʼmoriy yodgorlik. Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalaba sharafiga shahar markazida qurilgan (1947, meʼmori A. Muhamedshin; bezagida Usta Shirin qatnashgan). Minorasiga oʻrnatilgan soatni Ishiya Abramovich Eyzenshteyn, V. Solihov, L. Malikov, A. Xitsan, G. Streltsovlardan iborat soatsozlar brigadasi 4 siferblatli qilib Toshkent kuranti minorasiga oʻrnatishgan. Zilzila (1966) natijasida soat buzilgan, zudlik bilan taʼmirlanib, ishga tushirilgan. Toshkent kuranti shahar meʼmoriy ansamblining Markaziy xiyobonidagi tarkibiy qismidir. Toshkent kuranti qurilishida milliy meʼmorlik va amaliy bezak sanʼati anʼanalari qoʻllangan. Gʻozgon marmari bilan qoplangan va jezdan ishlangan metall qismlari oʻzaro uygʻunlashgan. Minoraning quyi qismiga oʻzbekistonlik qahramonlar nomi bitilgan marmar lavha oʻrnatilgan. Toshkent kuranti har chorak, yarim va bir soatda zang urib turadi. 1991-yilda taʼmirlangan.Kurant soati bonglari soat necha bo'lsa, shuncha marta bong uradi.

Manba: Vikipediya – “Toshkent kuranti” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский

Yaqin atrofdagi joylar

Yaqin atrofdagi tekshirilgan uylar