Oʻzbekiston Davlat Sanʼat muzeyi — Toshkentda joylashgan sanʼat muzeyi boʻlib, unga 1918-yili asos solingan. Birinchi nomi Xalq sanʼati muzeyi edi. 1918—1935-yillarda Kenas Nikolay Romanov saroyida joylashgan. 1935—1966-yillarda Xalq uyida boʻlgan. 1974-yili Xalq uyi oʻrnida muzey uchun yangi bino qurilgan (meʼmorlar: I. Abdulov, A. K. Nikiforov, S. A. Rozenblum). Muzeyda Yevropa va Rossiya rassomlari ishlari namoyish etiladi, koʻrgazmalar uyushtiriladi.
Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi — madaniy-maʼrifiy, ilmiy muassasa; Oʻrta Osiyoda ilk bor tashkil etilgan badiiy muzey. 1918 yilda Toshkent shahrida Xalq universiteti muzeyi sifatida asos solingan; keyinchalik Markaziy badiiy muzey, 1924 yildan Toshkent sanʼat muzeyi, 1935 yildan hozirgi nomda. Muzey Toshkentda yashagan knyaz N.K.Romanovning shaxsiy toʻplami (rus va Gʻarbiy Yevropa rassomlari yaratgan portret va tarixiy kartinalar, grafika va hay kaltaroshlik asarlari, badiiy mebel, chinni buyumlar va boshqalar) negizida vujudga kelgan. Turkiston oʻlkashunoslik muzeyining badiiy boʻlimidan va boshqalar muzeylarning fondlaridan, shaxsiy toʻplamlardan sanʼat asarlari keltirilib boyitilgan (V.L. Borovikovskiy, K. P. Bryullov, V. A. Tropinin...
Manba: Vikipediya – “Oʻzbekiston Davlat Sanʼat muzeyi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English · Français · Español · 中文

