Mingoʻrik, Mingoʻriktepa – qadimiy shahar harobasi (I – XIII-asrlar). Mahalliy aholi oʻrtasida Afrosiyob tepaligi nomi bilan ham mashhur boʻlgan. Minoraqasr (toʻrtburchak arkka yondoshgan) va shahristonning tepalikka aylangan hududidan iborat. Toshkent temir yoʻl vokzali yaqinida, Salor kanali sohilida joylashgan. Shahar harobasi oʻrnida XIX asrda katta oʻrikzor bogʻi boʻlganligi uchun shunday atalgan. Hozirgi shahar qurilishi munosabati bilan yodgorlikning madaniy qatlami buzilib ketishi natijasida Mingoʻrikning bir qismigina saqlangan.
Manba: Vikipediya – “Mingoʻrik” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский

