KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi
Muzey

Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi

Toshkent

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. MiroJP · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. Robiya 10z · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Fanlar akademiyasi muzeyi: o‘rta asrlarga oid qo‘lyozmalar va hujjatlar saqlanadi.

Tarixi va batafsil

Adabiyot muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi (Toshkent shahri) – madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasa. 1940-yilda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan Respublika koʻrgazmasi 174 tariqasida tashkil topgan. 1944 – 68-yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti boʻlimi, 1968 –1978-yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Adabiyot muzeyi, 1978 – 1991-yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi H. S. Sulaymonov nomidagi Qoʻlyozmalar institutining muzey boʻlimi. 1991-yildan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Adabiyot muzeyi. Muzey ekspozitsiyasi 40 xonaga joylashgan, 8 boʻlimdan iborat. Jamlanmasida qariyb 34 ming koʻrgazma bor (1997-yil). Muzeyda oʻzbek adabiyotiga oid asarlar, qoʻlyozma va toshbosma kitoblar, xalq hofizlarining ovoz yozuvlari, naqqoshlik sanʼatiga doir koʻrgazmalar (yogʻochdan ishlangan panjara, A. Fayzullayev, 1968-yil), XX asrga oid sopol buyumlar mavjud. Muzey koʻrgazmalari temuriylar davri ekspozitsiyasi bilan, oʻzbek adabiyoti tarixi ekspozitsiyalari esa Alisher Navoiy ijodidan boshlangan: „Xamsa“ning qoʻlyozma, foto va koʻchirilgan nusxalari, dostonlarga ishlangan miniatyuralar, rasm va bezaklar, shoir hayotiga oid...

Manba: Vikipediya – “Adabiyot muzeyi (Toshkent)” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English

Yaqin atrofdagi joylar

Yaqin atrofdagi tekshirilgan uylar