KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Tosh Hovli saroyi
Muzey

Tosh Hovli saroyi

Xiva

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Bgag · CC0 · Wikimedia Commons
  2. Jean Housen · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. Panpanchik · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  4. Davide Mauro · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  5. Davide Mauro · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  6. Davide Mauro · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

1830–1841 yillarda Olloqulixon uchun qurilgan saroy: uch hovli atrofida 260 dan ortiq xona.

Tarixi va batafsil

Toshhovli (Olloqulixon saroyi) – Xivadagi meʼmoriy yodgorlik. Olloqulixon qurdirgan (1830—38). Vazir Muhammad Yaʼqub mehtar loyihasi asosida qurilgan. Xalq ustalari Nurmuhammad, usta Toji va usta Qalandar Xivaqiy tomonidan bunyod etilgan. Toshhovli, 111 ta xonadan tashkil topgan: Arz hovli (darvozasi gʻarbga), ishrat hovli (jan. ga), haram (darvozasi gʻarbga qaragan). Bu qismda 1987 yil "Hunarmandchilik" muzeyi tashkil topgan. Xorazm mahalliy turar joy meʼmorligiga xos uslubda, shahar tashqarisidagi qoʻrgʻon-hovli koʻrinishida boʻlganligi uchun Toshhovli deb nomlangan. Atrofi baland devor (qalinligi 1,2— 1,5 m) bilan oʻralgan. Devor tepasi kungurali, darvoza yonlari guldastali. Dastlab haram bunyod etilgan (1830—32). Tarhi 80×42 m, hovlisi 49×15 m, Toshhovlining janubiy qismida 5 ta alohid alohida ayvon (xon va uning 4 xotiniga moʻljallangan) bor, ulardan xonalarga dahlizlar orqali kiriladi. Qabulxona (ishrat hovli tarhi 43×36,5 m) haramning jan.sharqiy qismida qurilgan (1832—34). 3 yildan soʻng jan.gʻarbiy burchagida arz hovli (tarhi 35 × 40 m) qad rostlagan (1837—38). Har bir hovlida alohida xizmatchilar xonasi, xoʻjalik xonalari, otxona boʻlgan. Hovlilarda ayvonlar oʻziga xos uslubda...

Manba: Vikipediya – “Toshhovli” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English

Yaqin atrofdagi joylar

Yaqin atrofdagi tekshirilgan uylar