Juma masjid, Xiva juma masjidi — Xorazm viloyatining Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik Masjidning tarixi X asr—XVIII asrlarga borib taqaladi. Juma masjidi Ichan qalʼaning markaziy qismidagi Ota darvoza va Polvon darvozalarni birlashtiruvchi koʻchada joylashgan. Aniq manzili esa bugungi kunda „Ichan qalʼa“ mahallasi, Pahlavon Mahmud koʻchasi, 19-uyda joylashgan.
Meʼmoriy yodgorlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan. Hozir „Ichan qalʼa“ davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulkiga tegishli.
Manba: Vikipediya – “Juma masjid (Xiva)” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English
