Koʻhna ark – Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (17—XIX asrlar). Ark XVII asrdan XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davr oralig‘ida shakllangan. Ichan qalaning gʻarbiy qismida joylashgan. Koʻhna Ark (tarhi 130 x 93 m)dagi binolar, asosan, XVII asrda Anoʻshaxonning oʻgʻli Arangxon davrida usta, shoir Mavlono Vafoiy tomonidan qurilgan. 1804—06 yillarda qayta tiklab taʼmir etilgan. Koʻhna Ark toʻrt hovliga boʻlinib, atrofi baland paxsa devor bilan oʻralgan. Sharq tomondagi darvozadan oʻng tomondagi yoʻlakka oʻtilib, u orqali saroy masjidi va xonning zarbxonasiga boriladi. Haramxona arkning shim.da, koʻrinishxona gʻarbiy qismida, oʻrtasida Oq shayx bobo koʻshki joylashgan. Darvozaning chap tomonida xonning xizmatkorlari yashaydigan xonalar, omborxona va otxonalar boʻlgan (saqlanmagan).
Arkda Oqshayxbobo nomli ko‘shkning qoldiqlari saqlanib qolgan. Ko‘shk atrofida sekin-asta shahar paydo bo‘lgan. Oxirgi Xiva xonlarining saroylari ham shu yerga qurilgan edi. Qal’aning paydo bo‘lish tarixini Xiva shahrining ham tarixi desa bo‘ladi. Xom g‘ishtdan qurilgan qo‘rg‘on devoir bilan o‘rab olingan arkning hududida hozir faqat XIX asrga oid bir necha bino saqlanib qolgan, xolos. Lekin qadimgi ark shahar ichida...
Manba: Vikipediya – “Koʻhna Ark” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English
