Pahlavon Mahmud majmuasi, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Polvon ota maqbarasi – Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1810—1913). Maqbara majmuasining umumiy hajmi 50x30 m boʻlib, dastlab Pahlavon Mahmud qabri ustiga 1664-yilda moʻjaz sinchkori imorat qurilgan. Pahlavon Mahmud (1247—1326) maqbarasi azaldan oʻzbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar va boshqa xalqlar vakillari ziyorat qilgan va ziyorat qiladigan muqaddas maskan hisoblanib kelgan. Bu majmua Xivada „Hazrati Pahlavon Pir“ nomi bilan ham mashhurdir..
Vasiyatga koʻra, Pahlavon Mahmud oʻzining teri koʻnchilik ustaxonasiga dafn etilgan. Vaqt oʻtishi bilan bu yerda tabarruk ziyoratgoh paydo boʻldi va keyinchalik uning nomi bilan atalgan majmua barpo etildi.
Manba: Vikipediya – “Pahlavon Mahmud majmuasi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English
