«O’zbekiston» — Toshkent metropoliteni Oʻzbekiston yoʻlidagi bekat. Bir qubbali, bir platformali va ikki vestibyuldan iborat. Yoritkichlari paxta shaklida ishlangan, devorlarida daryolar tasvirlangan. Devorlariga granit, marmar, keramika, ganch, metall, shisha va boshqa materiallardan foydalanilgan.
Manba: Vikipediya – “Oʻzbekiston (metro bekati)” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский

