KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Xalqlar do‘stligi saroyi
Teatr va konsert

Xalqlar do‘stligi saroyi

Toshkent

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Shum3rR · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. Artemev Nikolay · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. Arian Zwegers · CC BY 2.0 · Wikimedia Commons
  4. Davide Mauro · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  5. GaLiaF · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Konsert va kino zali; me’mor Yevgeniy Rozanov loyihasi, bino 1981-yilda qurib bitkazilgan.

Tarixi va batafsil

„Xalqlar doʻstligi“ saroyi – Toshkent shahridagi madaniyat markazlaridan biri. 1980-yil qurilgan, 1981-yilda foydalanishga topshirilgan (meʼmorlar: Ye.Bukina, S.Odilov, Ye. Rozanov, Ye.Suxanova, F. Tursunov, V.Shestopalov, Ye.Shumov va boshqalar). Turli tadbirlar (sʼyezd, qurultoy, festival va boshqalar) oʻtkazish, konsertlar berishga moʻljallangan. Konsert zalida xorijiy davlat rasmiylari uchun turli tantanalar ham tashkil etiladi. Bino qiyofasi va bezaklarida milliy meʼmorlikka xos boʻlgan muqarnasga oʻxshash shakllardan foydalanilgan; binoni bezashda mahalliy xom ashyolar, Nurota va Gʻozgʻon marmarlari ishlatilgan. Bino tarhi toʻrtburchak shaklda, tarzlariga ishlangan quyosh nurini toʻsadigan jimjimador shakllar binoga salobat, kiraverishdagi peshtoqlar koʻrk berib turadi. Bino tepasiga yuzasi marmar bilan qoplangan muqarnasni eslatuvchi yirik yigʻma temirbeton qurilmalar oʻrnatilgan. Bino mujassamoti markazida balkonli, amfiteatr shaklidagi 4 ming oʻrinli zal turadi (bir oz qiyaroq yon devorlari tomoshalarni yaxshi koʻrish hamda eshitish imkonini beradi). Sahna maxsus qurilmalar (koʻtarilib tushiriladigan supalar, prezidium, sahna va xor supalarini tomosha vaqtida siljitishga imkon...

Manba: Vikipediya – “Xalqlar doʻstligi saroyi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English · 中文

Yaqin atrofdagi joylar

Yaqin atrofdagi tekshirilgan uylar