KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Chorvoq suv ombori
Tabiat

Chorvoq suv ombori

Toshkent viloyati

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. 26D · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. Ksana82 · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. Spartak22 · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  4. Raf24~commonswiki · CC BY 4.0 · Wikimedia Commons
  5. NasimbekNasimov · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Bo‘stonliq tumanidagi suv ombori: Chirchiq daryosida qurilgan 168 m balandlikdagi tosh to‘g‘on orqali hosil bo‘lgan.

Tarixi va batafsil

Chorvoq suv ombori Toshkent viloyatining shimolida, Boʻstonliq tumanida joylashgan suv ombori, viloyatni suv va gidroenergiya bilan taʼminlovchi irrigatsion inshootdir. U Chirchiq daryosi boʻyida, Gʻarbiy Tyan-Shanning Ugom va Chatqol togʻ tizmalari oraligʻida Piskom va Chatqol daryolarining qoʻshilish joyidan bir oz pastroqda joylashgan. Suv havzasi maydoni 3200 km²[manba kerak].
Suv ombori Chorvoq GESdagi 168 metr balandlikdagi tosh toʻgʻondan hosil boʻlgan. Suv omborining hajmi taxminan 2 km³. Suv omborining suv yuzasi maydoni 37 km² dan ortiq, qirgʻoq chizigʻining uzunligi yuz kilometrga yaqin. Yozda suv ombori sathi sezilarli darajada pasayadi, chunki uning suvi Chirchiq vodiysida irrigatsiya va sugʻoriladigan dehqonchilik uchun ishlatiladi.
Suv omborida zogʻora, qora baliq, gulmoyi, sig, pelyad kabi baliq turlari mavjud.
2020-yil 10-iyuldan boshlab suv omborida motorli suv transporti harakati taqiqlanadi. „Maxsus vazifalarni bajarishga vakolatli vazirlik va idoralar“ ushbu taqiqdan mustasno. Motorsiz suv transportidan yoki muqobil energiya manbalari orqali harakatlanadigan transport vositalaridan foydalanishga ruxsat beriladi.

Manba: Vikipediya – “Chorvoq suv ombori” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English · Deutsch · Français · Español

Yaqin atrofdagi joylar

Yaqin atrofdagi tekshirilgan uylar