KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Shahidlar xotirasi majmuasi
Yodgorlik

Shahidlar xotirasi majmuasi

Toshkent

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Игорь Улитин · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. Panpanchik · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. Humoyun Mehridinov · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  4. Murodbek Yusupov · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Bo‘zsuv kanali bo‘yidagi yodgorlik: qatag‘on qurbonlari qatl etilgan va dafn qilingan joylardan biri. Yonida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi.

Tarixi va batafsil

Shahidlar xotirasi jamoat fondi – Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Boʻzsuv kanali boʻyida (Amir Temur shoh koʻchasi boʻylab joylashgan). Majmua barpo etilgan joy XX asr 40-yillariga qadar Toshkent shahrining xilvat chekkasi boʻlgan, 40-yillarda xuddi shu joydagi 3 ta qatlgoxda shoʻrolar tomonidan millatning ilgʻor vakillari, begunoh vatandoshlar qatl qilingan. Qatagʻon qurbonlari xotirasiga bagʻishlab sobiq qatlgoh oʻrnida Shahidlar xotirasi yodgorlik majmui Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan bunyod etilgan (2000). Maydoni 17 ga dan ortiq muntazam tartibli loyihalangan yamyashil pastibaland hududni Boʻzsuv kanali ikkiga ajratgan, ikki qirgʻoqni kanal ustiga qurilgan koʻprik (uz. 100 m) birlashtiradi. Majmua markazida tik ustunlarga oʻrnatilgan feruza rang qovurgʻali gumbazli ayvon (rotonda, bal. 27 m) metall qurilmalardan ishlanib gozgʻon marmari bilan qoplangan, poygumbazi ganchkori muqarnaslar bilan ziynatlangan; gumbaz ichi ganch oʻymakorligida ishlangan. Gumbaz ostidagi handasiy shakllardan naqshlar hosil qilib bezatilgan marmar polda nefritdan ishlangan ramziy sagʻana atrofga sukunat taratib turadi; sagʻana shahid ketgan vatandoshlarning...

Manba: Vikipediya – “Shahidlar xotirasi yodgorlik majmui” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English

Yaqin atrofdagi joylar

Yaqin atrofdagi tekshirilgan uylar