Chimyon – Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Chimyon qishlogʻi yaqinidagi togʻ kurorti. Toshkent shahridan 90 km sharqda, Chatqol tizmasining etaklarida, Chimyonsoy vodiysida joylashgan. Dekabrdan martgacha togʻ changʻi majmuasi va kanatlar ishlaydi. Bahor, yoz va kuzda piyoda sayohat qilib turistik va alpinizm yoʻl koʻrsatuvchidan foydalanish mumkin. Dam olish maskani 1879-yilda tashkil etilgan. XVIII asrning 80-yillaridan Chimyon iqlimiy va shifobaxsh kurort sifatida tanilgan. Kurort 1400-1450 m balandlikda joylashgan. Yozi issiq, quruq (iyulning oʻrtacha temperaturasi 20°S), qishi oʻrtacha yumshoq (yanvarning oʻrtacha harorati 5 °C) boʻladi. Yiliga yogʻingarchilik miqdori 790 mm ni tashkil etadi.
Manba: Vikipediya – “Chimyon kurorti” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English · Deutsch · Français · Español
