Dorut Tilovat (Qurʼon oʻqiladigan, tilovat qilinadigan joy) — Shahrisabz markazida Dor ussiyodat majmuasi gʻarbida temuriylar xonadoniga mansub qadimiy inshootlar — Shamsuddin Kulol maqbarasi, Gumbazi Sayyidon va shu yerdagi eski madrasa oʻrnida barpo etilgan Koʻk gumbaz masjididan iborat majmua joylashgan.
1437—1438-yillar davomida, Mirzo Ulugʻbekning buyrugʻi bilan temuriyzodalar va ularning oila aʼzolari uchun Shamsiddin Kulol maqbarasining janubiy devorining orqa tomoniga maqbara qurilgan. Shu yerda Sayidlarga tegishli qabrlartoshlarning ham mavjudligi sababli maqbaraning ikkinchi nomi — Gumbazi Sayid, yaʼni Sayidlarning gumbazi nomi paydo boʻlgan.
Manba: Vikipediya – “Dorut Tilovat” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English · Deutsch