KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Bibixonim masjidi
Yodgorlik

Bibixonim masjidi

Samarqand

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Шухрат Саъдиев · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. Nassima Chahboun · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. Hasan Tohirov · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  4. Robiyaaa · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  5. Jamshid Nurkulov · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

1399–1404 yillarda qurilgan. XV asrda islom olamining eng katta masjidlaridan biri bo‘lgan; asosiy qismlari sovet davrida qayta tiklangan.

O‘tmishga nazar

1907 A photograph of the Bibi-Khanym Mosque, Samarkand, Uzbekistan (1907).
Sergey Prokudin-GorskiyProkudin-Gorskiy kolleksiyasi“A photograph of the Bibi-Khanym Mosque, Samarkand, Uzbekistan (1907).”
Bugun Bibixonim masjidi
Hozirgi ko‘rinishSurat: Wikimedia Commons

Tarixiy suratlar jamoat mulki (Public domain): AQSh Kongress kutubxonasi to‘plamlari, Wikimedia Commons orqali.

Tarixi va batafsil

Bibixonim jome masjidi (Amir Temur jome masjidi) - "Samarqand" davlat muzey-qoʻriqxonasi tizimidagi madaniy meros obidasi.
Bibixonim jome masjidi (Amir Temur jome masjidi) — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1399—1404). Amir Temurning katta xotini Bibixonim (asli Saroymulk xonim) nomi bilan bogʻliq. Amir Temur farmoni bilan qurilgan. Masjidni kurgan usta va meʼmorlarning nomlari nomaʼlum. Masjid hovlisining sahni 63,8x76,0 m boʻlib, toʻrt tomondan ravoq va peshtoklar bilan oʻralgan. Uning umumiy sahni 167x109 m, burchaklarida baland minoralar boʻlgan. Zilzilalar taʼsirida astasekin yemirilib vayron boʻlgan, faqat shimoli-gʻarbiy minoraning pastki qismigina saqlanib qolgan, balandligi 18,2 m. Poydevori harsang toshdan, devorlari pishiq gʻishtdan ishlangan (qalinligi 4,5 m).
Masjidning bir-biri bilan bogʻlangan 6 ta meʼmoriy boʻlaklari saqlanib qolgan. Bular hovlining toʻrida mehrobli va baland peshtoqli bino, ikki yonida uning kichik nusxasi, poyida masjidning ikkiga boʻlingan peshtoqi va shimoli-gʻarb tomonda minoradir. Ilgari bu boʻlaklar 3 qator oq marmar ustunli, yengil ravoqli bostirmaayvonlar bilan birlashgan va ular tepasida gumbazchalar (400 ta) boʻlgan. Ustunlar 480 ta (oraligʻi...

Manba: Vikipediya – “Bibixonim jome masjidi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English · Deutsch · Français · Español · Türkçe · 中文

Yaqin atrofdagi joylar

Yaqin atrofdagi tekshirilgan uylar