KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Raboti Malik
Yodgorlik

Raboti Malik

Navoiy

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Bernard Gagnon · CC0 · Wikimedia Commons
  2. Faqscl · CC BY-SA 3.0 · Wikimedia Commons
  3. Kagansky · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  4. Bobyrr · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Samarqand–Buxoro yo‘lidagi (M37) karvonsaroy xarobalari, Malik qishlog‘i yaqinida. Ipak yo‘lida Qoraxoniy hukmdor Shams al-Mulk Nasr buyrug‘i bilan qurilgan.

Tarixi va batafsil

Raboti Malik, Shoh raboti (Rabat-i Mâlik; arabcha: رباط ملك‎‎ [ribāṭ malik]; „Shoh qoʻrgʻoni“) — Oʻrta Osiyodagi qoraxoniylar turkiy sulolasi vakili Shamsulmulk tomonidan qurdirilgan karvonsaroy. Taxminan 1069—1079-yillarda qurilgan. Ushbu inshoot Raboti Malik ansambli tarkibidagi saqlanib qolgan ikki tarixiy obidadan biridir. U joylashgan hudud eskidan Malikchoʻl (Choʻli Malik) deb ataladi.
Qadimiy Buxoro — Samarqand yoʻlining Choʻli Malikdagi yirik chegara va savdo bekatida qurilgan, hozirgi Karmana shaharchasi va Navoiy shahri yaqinida, Karmana tumanida. Bizgacha uning faqat peshtoq qismi (diametri — 12,6 m.) saqlangan. Janubiy minorasi 1950-yilgacha mavjud boʻlgan.
Raboti Malik tarixda karvonsaroy vazifasidan tashqari, istehkom, qoʻrgʻon va savdo-sotiq markazi sifatida ham muhim oʻrin tutgan. Karmana va Tavois shaharlari oʻrtasidagi savdo yoʻlida joylashgan. Bugungi kunda Raboti Malik xarobasi davlat muhofazasiga olingan.

Manba: Vikipediya – “Raboti Malik” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English · Deutsch · Français · Español

Yaqin atrofdagi joylar

Yaqin atrofdagi tekshirilgan uylar

Bu joy yaqinida hozircha tekshirilgan uy yo‘q. Shahardagi barcha uylar →