KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Mo‘ynoq
Tabiat

Mo‘ynoq

Qoraqalpog‘iston

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Koshkinhome · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. upyernoz from Haverford, USA · CC BY 2.0 · Wikimedia Commons
  3. MarjonaKhidirova · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  4. Adam Harangozó · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  5. Adam Harangozó · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Qoraqalpog‘iston shimolidagi shahar. Ilgari Orol dengizi porti bo‘lgan, hozir suvdan 150 km uzoqda, Orolqum cho‘lida.

Tarixi va batafsil

Moʻynoq — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanidagi shahar (1963-yil 27-iyuldan). Tuman markazi. Qoraqalpogʻistonning eng shimoliy shahri. Orol dengizining suvi chekinmasdan avval dengizning janubiy-gʻarbiy soqilida joylashgan edi. Nukus shahridan 180 km shimolida, yaqin temir yoʻl stansiyasi — Qoʻngʻirot (100 km). Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —7,4°, iyulniki 26,3°. Kuchli shamollar boʻlib turadi. Aholisi 13,6 ming kishidan iborat (2000). Oʻtmishda shahar sanoatida hunarmandchilik asosiy oʻrin tutgan. Konserva kombinati, paxta tozalash, non zavodlari, bosmaxona, madaniy va maishiy xizmat shoxobchalari, umumiy taʼlim maktablari, sanoat transport kasbhunar kolleji, biznes maktabi, kutubxona, klub, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion, choʻmilish xavzasi, kasalxona bor. Orol dengizining Moʻynoqdan uzoklashishi, murakkab ekologik holat shahar qurilishiga, sanoatning rivoji va madaniy hayotiga oʻz taʼsirini oʻtkazdi.

Manba: Vikipediya – “Moʻynoq” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English · Deutsch · Français · Español · Türkçe · 中文

Yaqin atrofdagi tekshirilgan uylar

Bu joy yaqinida hozircha tekshirilgan uy yo‘q. Shahardagi barcha uylar →