Mizdakxon – Oʻrta asr shahar xarobasi. Xoʻjayli shahridan 7–8 km gʻarbda joylashgan. Antik davrga oid qishloq xarobasi oʻrnida V—VI asrlarda bunyod etilgan qasr asosida vujudga kelgan va moʻgʻullar hukmronligining oxirigacha (XIV asr) mavjud boʻlgan.
Arxeologik majmua Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xoʻjayli shahridan uncha uzoq boʻlmagan masofada joylashgan boʻlib, qadimiy eroniy xorazmliklarining manzili hisoblanadi. Ushbu arxeologik inshootlar majmuasi Nukus shahridan 40 daqiqalik yoʻl uzoqlikda joylashgan.
Mizdaxqon o‘rta asrlarda Xorazmdagi yirik shaharlardan biri sifatida tanilgan. Mashhur arab olimlaridan biri al-Maqdusiy 985-yilda shu shahardan oʻtganda unga „Mizdaxqon oʻzining kattaligi boʻyicha Kat, Gurganj kabilar qatori Xorazm davlatida uchinchi shahardir“ deya taʼrif bergan.
Mizdaxqon 2 ta tepalikdan iborat. Ulardan biri boʻlgan Gabr qalʼa Mizdaxqonning qadimgi qismi boʻlib, uning qalin paxsa devori va arkining qoldiqlari saqlanib qolgan. Mizdaxqonning 2-tepaligi qabristonga aylangan. Uning maydonining bir qismida Mazlumxon Suluv maqbarasi (XIII asr oxiri – XIV asr boshi) joylashgan.
Mizdaxqonni arxeologik jihatdan oʻrganish ishini 1928-yil Yakubovskiy Aleksandr Yuryevich...
Manba: Vikipediya – “Mizdaxqon” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English · Français