Axsikent (shuningdek, Axsikat; inglizcha manbalarda Akhsikath) — Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Shahand qishlogʻi hududida, Sirdaryoning oʻng sohilida joylashgan qadimiy shahar xarobasi. Miloddan avvalgi III—II asrlarda vujudga kelgan, IX—X asrlarda Fargʻona vodiysining poytaxti boʻlgan. Zahiriddin Muhammad Boburning „Boburnoma“ asarida tasvirlangan shaharlardan biri.
Manba: Vikipediya – “Axsikent” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English